Jamiyat
Qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash litsenziyalanadi
Qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash litsenziyalanadi.
Qonun (O‘RQ–1113-son, 15.01.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalash tartibi joriy etilishi belgilandi:
– qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;
– rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;
– tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi.
Mazkur faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya olishda quyidagi miqdorlarda davlat boji undirilishi belgilandi:
– qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish faoliyati – BHMning 10 baravari miqdorida;
– tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi – BHMning 30 baravari miqdorida.