Jamiyat

Qo‘qonlik tabib 10 sutkaga qamaldi

Published

on


Qo‘qonlik 54 yoshli tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi. U xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi. Tabib yanvar oyida ham shu ishi uchun 8,2 mln so‘m jarimaga tortilgandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 17 dekabrdagi qarori bilan qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyevga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llandi, deya xabar bermoqda Farg‘ona viloyati sudlari matbuot xizmati.

54 yoshli tabib Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 59−5-moddasi (Xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

Birinchi instansiya sudining qarori ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilingan.

16 dekabr kuni viloyat IIB bemorlarga qo‘lini tekkizib, ularni silab davolab kelishi bilan tanilgan Iqbol Soliyev 2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan va 2024 yil dekabrda muddati tugagan guvohnoma bilan faoliyat olib borgani aniqlangani va hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilganini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Iqbol Soliyev 2025 yil 10 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining qaroriga muvofiq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 59−5-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga BHMning 20 baravari (8 mln 240 ming so‘m) miqdorida ma’muriy jarima solingan edi.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version