Jamiyat

Qo‘qonda “parkovka” talashgan fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Published

on


Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Qo‘qon shahrida “parkovka” talashib, o‘zaro mushtlashuv sodir bo‘lgani haqidagi xabar Farg‘ona viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 5 avgust kuni Qo‘qon shahar Obod mahallasida fuqaro A.N. va A.G‘. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjal kelib chiqib, ular bir-biriga jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52- va 183-moddalari tartibida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yuqorida keltirilgan moddalari yengil tan jarohati yetkazish va mayda bezorilik bilan bog‘liq.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version