Jamiyat
Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida yangi tizim ishga tushiriladi
«2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi:
2026-yil 1-oktyabrdan:
qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga soluvchi standart operatsion jarayonlar hamda xavfsizlik bayonnomalari joriy qilinadi;
«ehtiyoj – qayta ishlash – yetkazish» zanjiri doirasida biznes jarayonlarini boshqarish tizimi joriy etiladi.
2027-yil 1-martdan «Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish» axborot tizimi joriy etiladi.
2026-yil 1-oktyabrdan qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlarini majburiy tartibda 2 bosqichli skrining tekshiruvidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.