Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlarida yetakchi viloyatlar ma’lum bo‘ldi

Published

on


Statistika agentligi 2024-yilda qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlarida yetakchilik qilayotgan viloyatlarga oid ma’lumotni taqdim etdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Samarqand eng ko‘p yo‘nalishlarda barchadan oldinda: eng ko‘p kartoshka (747,6 ming tonna) va uzum (666,1 ming tonna) yetishtirgan, eng ko‘p sut (1 456,0 ming tonna) yetkazib bergan va yirik shoxli qoramollari soni (1 765,8  ming bosh) bo‘yicha yetakchi viloyat.

Qolgan yo‘nalishlarda yetakchilar:

Andijon viloyati:


eng ko‘p sabzavot — 1 833,7 ming tonna
eng ko‘p meva va rezavorlar — 699,9 ming tonna

Qashqadaryo viloyati:


eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) — 345,9 ming tonna
eng ko‘p qo‘y-echki — 5 109,7  ming bosh

Toshkent viloyati:


eng ko‘p tuxum — 1 608,1 million dona
eng ko‘p ot — 57 009  bosh

Farg‘ona viloyati:


eng ko‘p donli ekinlar — 998,5 ming tonna

Surxondaryo viloyati:


eng ko‘p poliz ekinlari — 351,5 ming tonna

Xorazm viloyati:


eng ko‘p baliq — 33,0 ming tonna.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version