Jamiyat

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport geografiyasi 95 ta davlatni qamrab olgan – vazir

Published

on


2025-yilda fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarida jami 3,9 mln  gektarga ekin ekilgan bo‘lsa, 898 ming gektarga takroriy ekinlar ekilib, 12,8 mln  tonna, shundan 5,1 mln tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirildi.

Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abduraxmonovning parlament Quyi palatasi deputatlari so‘roviga bergan javobida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, bu borada O‘zbekistonning eksport geografiyasi 95 ta davlatni qamrab olib, Rossiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Pokiston va Xitoy asosiy savdo hamkorlari sifatida yetakchi o‘rinlarni egalladi. Yaponiya, AQSh, Koreya Respublikasi va Yevropa davlatlari bozorlariga chiqish bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda.

Deputatlar ushbu yo‘nalishda vazirlik tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgani, shu bilan birga qishloq xo‘jaligida eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari hajmini ko‘paytirish, mahsulotlarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi. Majlisda mazkur masala yuzasidan doimiy parlament nazorati olib borilishi qayd etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirining javobi ma’lumot uchun qabul qilindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version