Sport

Qishki Paralimpiya o‘yinlarida 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi

Published

on


Yulduz Mahmudova va Firdavs Xudoyatov para-tog‘ chang‘isi dasturida va gigant slalom yo‘nalishida mamlakat sharafini himoya qiladi.

Foto: Milliy paralimpiya qo‘mitasi

Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida o‘tadigan qishki Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini ikki nafar sportchi himoya qiladi. Bu haqda Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Yulduz Mahmudova va Firdavs Xudoyatov para-tog‘ chang‘isi dasturida va gigant slalom yo‘nalishida ishtirok etadi.

23 yoshli Yulduz Mahmudova qoyaga chiqish, gigant slalom va slalom bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan.

22 yoshli Firdavs Xudoyatov esa mamlakat chempionatlarida slalom va gigant slalom dasturlarida qatnashib, turli yillarda oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

XIV qishki Paralimpiya o‘yinlari 6 martdan 15 martgacha bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, Italiyadagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini ikki sportchi himoya qilgan edi — slalom va gigant slalomda Medet Nazarov hamda short-trek bo‘yicha 500 va 1500 metr masofalarga konkida uchish ustasi Daniil Yeybog. Ular sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritolmadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version