Sport

Qishki Olimpiadalarning oltin medal olish bo‘yicha rekordi yangilandi

Published

on


Norvegiyalik chang‘ichi Yohannes Xyosflot Klebo to‘qqizinchi oltin medalni qo‘lga kiritib, qishki Olimpiya o‘yinlari tarixidagi eng sovrindor sportchiga aylandi. U terma jamoasi tarkibida Milan-Kortina Olimpiadasida erkaklar o‘rtasida 4×7,5 km estafetada g‘olib chiqdi.

Kleboga qadar uning vatandoshlari — chang‘ichilar Marit Byorgen va Byorn Deli hamda biatlonchi Ole-Eynar Byorndalen Olimpiadalarda 8 tadan oltin medalga sazovor bo‘lishgan.

Italiyada o‘tayotgan Olimpiadada Klebo to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritdi: skiatlon, sprint, 10 km masofaga alohida start va estafetada. Endi u jamoaviy sprint va marafonda qatnashadi.

Yohannes Xyosflot Klebo 29 yoshda. Shuningdek, 15 karra jahon chempioni, jahon kubogini 5 marta qo‘lga kiritgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version