Jamiyat

Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 5,7 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi

Published

on


Tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro qirg‘izistonlik shaxs tomonidan aylanma yo‘llar orqali “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasidan noqonuniy ravishda mamlakatga o‘tkazib berilgan katta miqdordagi zargarlik buyumlarini qabul qilib olgan.

 

So‘ngra moddiy manfaat evaziga, ularni Farg‘ona shahrida kutib turgan Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaroga yetkazib bergan vaqtida, ularning ikkalasi ham qo‘lga olindi.

Tilladan yasalgan ushbu zargarlik buyumlarining jami og‘irligi 5 kg 706 grni tashkil qilib, dastlabki umumiy qiymati 5 mlrd 746 mln so‘mga teng.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version