Jamiyat

Qimorga berilgan ukasini o‘ldirgan aka va ukaga sud hukmi o‘qildi

Published

on


Marhumning akasiga 8 yil 6 oy, ukasiga 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Samarqand shahrida qimorga berilgan ukasini daraxtga bog‘lab, ayovsiz kaltaklagan va uning o‘limiga sababchm bo‘lgan aka-ukaga hukm o‘qildi.

Xabar qilinishicha, internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga mukkasidan ketgan 29 yoshli erkakni tartibga solish maqsadida akasi va ukasi daraxtga bog‘lab qo‘ygan. So‘ng elektr kabellari bilan bir necha marta urib, jismoniy zarba bergan. Kaltaklangan uka uyga olib kirilganidan so‘ng vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi ayblanuvchilarga hukm e’lon qilgan.

Unga ko‘ra, marhumning akasiga Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 4 yil muddatga va 104-modda 3-qism “d” bandi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. JKning 59-moddasi 2-qismi tartibida jinoyatlar majmui tariqasida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil jazo o‘tash uchun 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Akasining o‘limiga sababchi bo‘lgan ukaga 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version