Jamiyat

Qidiruvda bo‘lgan uch fuqaro BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi  

Published

on


Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqarolar Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekiston Respublikasiga keltirildi.

Toshkent va Abu-Dabi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlarining uzviy hamkorligi va muvofiqlashtirishi natijasida Birlashgan Arab Amirliklaridan og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanib, xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan uch nafar fuqaro O‘zbekistonga topshirildi. Ushbu fuqarolar tegishli tartibda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlariga o‘tkazildi.

Amaldagi xalqaro kelishuvlarga asoslangan va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan barcha jihatlarni hisobga olgan holda, uchrashuvlar va muzokaralar davomida o‘rnatilgan ikki tomonlama aloqalar tufayli topshirilayotgan jinoyatchilar soni ortmoqda.

Yetkazib berilgan shaxslar O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar bo‘yicha qidiruv e’lon qilingan edi.

Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version