Jamiyat

Qibray tumani hokimi yordamchisi 10 ming dollar bilan ushlandi

Published

on


Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining yordamchisi davlat zaxirasidagi yerni xaridor nomiga o‘tkazishni va’da qilib, 10 ming dollar olayotganida ushlandi. Buning uchun u hokimlikdagi tanishlaridan foydalanib, arxiv hujjatlariga soxta ma’lumot kiritishni rejalashtirgan.

Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi korrupsiya va firibgarlikda gumonlanmoqda, deya xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.

U mahalla binosi yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 4 sotix yer maydonini hokimlikda ishlovchi tanishlari yordamida arxiv hujjatlariga soxta ma’lumotlar kiritish orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan. Buning uchun 50 ming dollar talab qilgan.

Gumonlanuvchi so‘ralgan summaning 10 ming dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (Juda ko‘p miqdorda firibgarlik) va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi (Juda ko‘p miqdorda pora berish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version