Dunyodan

Qatarda 11 yoshli o‘zbek bola vafot etdi

Published

on


“Dunyo” AA xabar berishicha, O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan vatandoshimizning dafn marosimini tashkil etishda katta yordam ko‘rsatgan.

11 yoshli toshkentlik M.A. Qatarga safari chog‘ida avtomashina boshqaruvini yo‘qotib qo‘ygani oqibatida boshidan jarohatlar olib, YTH sodir bo‘lib, voqea joyida vafot etgan.

Bu haqda maʼlumot olishimiz bilan diplomatik missiya Qatarning tegishli davlat muassasalari bilan hamkorlikda zarur tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish choralarini koʻrdi.

Marhumning oilasiga barcha amaliy yordam ko‘rsatilib, dafn marosimini tashkil etish masalalari oila bilan yaqin hamkorlikda hal qilindi.

Mintaqadagi mavjud vaziyat va transport-logistika cheklovlarini inobatga olgan holda, marhumlarning jasadlari oila a’zolarining roziligi bilan barcha milliy va diniy an’analarga rioya qilgan holda Qatarda dafn etildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version