Jamiyat

Qashqadaryodan Toshkentga olib kelinayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Published

on


Qashqadaryodan Toshkentga sotish uchun olib kelinayotgan 600 kilogrammdan ortiq go‘sht mahsuloti musodara qilindi. 

IIV xabariga ko‘ra, joriy yilning shu davriga qadar Jizzax viloyati hududida 1,5 tonnaga yaqin yaroqsiz go‘sht mahsulotlari iste’molga chiqib ketishining oldi olingan.

O‘tkazilgan reyd tadbirlarining birida ham hech qanday tegishli hujjatlarsiz, tashish qoidalariga zid ravishda Qashqadaryodan Toshkentda sotish uchun olib ketilayotgan 600 kilogramm go‘sht mahsuloti aniqlandi.

Laboratoriya tekshiruvlari iste’molga yaroqsiz ekanligini ko‘rsatgan ushbu yirik shoxli hayvon go‘shtlari Cobalt mashinasining salon va yukxona qismlariga joylashtirilgan bo‘lgan. Mahsulot yoqib, yo‘q qilingan.

29 yoshli haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 412 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Soha xodimlari har bir iste’molchi sotib olayotgan mahsulotining sotuvchidan tibbiy daftarchasi va veterinar xulosasini talab qilishi kerakligini eslatgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version