Jamiyat

Qashqadaryodagi maktablardan birini faqat uch o‘quvchi bitirdi

Published

on


Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 86-umumta’lim maktabining Qurilish qishlog‘idagi filialida maktabni bor yo‘g‘i uch nafar o‘quvchi tamomladi. Bu haqda NasafTV reportajida hikoya qilinadi.

Bitiruvchilar kam sonli o‘quvchi bo‘lishning yaxshi va yomon tomonlari haqida so‘z yuritar ekan, asosan o‘quvchilar soni kamligi sababli sport musobaqalarida doim ham ishtirok eta olishmaganini, ammo ilmda imkon qadar boshqalarga o‘rnak bo‘lishga intilishganini ta’kidladi.

Aytilishicha, ta’lim dargohi tuman markazidan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bu qishloq yoshlari internet va ijtimoiy tarmoqlarsiz hayot kechiradi.

«Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuslari bilan olis, qizil hudud maktablarida ishlovchi o‘qituvchilarga imtiyozlar va imkoniyatlar yaratib berilganidan foydalanib, men Andijon viloyatidan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi olis hudud — Qurilish qishlog‘iga kelib dars beraman. Biz kelgan paytda maktab qizil holatda edi. Mana, oradan uch yil vaqt o‘tdi. O‘quvchilarda bilim, salohiyat va o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘quvchilar olimpiadalarda qatnashyapti, to‘garaklarga qatnashyapti. Ulardagi o‘zgarish katta, albatta», — deydi o‘qituvchilardan biri.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarni navbatdagi o‘quv yilini yakunlagani bilan tabriklab, bitiruvchilarga Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi hamda ezgu tilaklar bildirdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version