Jamiyat

Qashqadaryodagi bozorda sifatsiz kir yuvish vositasi aniqlandi

Published

on


Nazorat xaridi natijasida sifatsiz mahsulot aniqlandi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xabar berdi. 

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Markaziy dehqon bozori hududida joylashgan savdo nuqtalaridan birida Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi viloyat bo‘limi mutaxassislari tomonidan navbatdagi nazorat xaridi o‘tkazildi. 

 Xarid jarayonida “P.M.S.A” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan sintetik kir yuvish vositasi tahlil qilindi. Tahlillar natijasiga ko‘ra, mahsulot belgilangan talab va me’yorlarga mos kelmasligi — muvofiqlik sertifikatiga ega emasligi aniqlandi. 

Bundan tashqari, ushbu mahsulotning tamg‘asida qonunchilikka zid ravishda muvofiqlik belgisi (sertifikat belgisi) qo‘llanilgani qayd etildi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 28 va 29-moddalari talablarini buzilishiga olib keladi. 

 Mazkur holat yuzasidan savdo nuqtasiga sintetik kir yuvish vositasini savdodan olib tashlash bo‘yicha rasmiy taqdimnoma kiritildi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version