Jamiyat

Qashqadaryoda nafaqadagi harbiy xizmatchi qotillikda gumonlanmoqda

Published

on


Qamashi tumanida ikki ayol pichoqlab o‘ldirildi. Qotillikda gumonlanib sobiq harbiy qo‘lga olingan.

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ikki ayol qotillik qurboni bo‘ldi. Bu haqda Daryo.uz o‘z manbasiga tayanib, xabar berdi. Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holatni Kun.uz’ga tasdiqladi. 

Ma’lum qilinishicha, qotillik kecha, 12 oktabr kuni sodir etilgan. Qotillikda gumonlanayotgan shaxs oilaning kuyovi bo‘lgan. Nafaqadagi harbiy xizmatchi bo‘lgan erkak hozirda maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Qotillik qurboni bo‘lgan ayollar kim ekani hozircha ochiqlanmadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version