Jamiyat

Qashqadaryoda haydovchi odamlarni sudrab ketdi

Published

on


Mashinadagilar ovqatlanishga kelib, oshxona egasi bilan janjallashib qolgan. Ular oldin ham bu yerda pulini bermay ovqatlanib yurishgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia-3 odamlarni sudrab ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Voqea 8 iyul kuni Mirishkor tumanidagi oshxona yaqinida yuz bergan.

Unga ko‘ra, fuqarolardan birining Nexia-3 rusumli mashinasida yo‘lovchi sifatida kelgan ikki kishi oshxona egasi bilan tortishib qolgan. Shundan so‘ng oshxona egasi va uning qarindoshlari mashinani to‘xtatishga harakat qiladi. Biroq mashina harakatlanib, ularni sudrab ketgan.

Hozirda holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz’ga mazkur holat yuzasidan kelib tushgan ma’lumotda aytilishicha, mashinadagi shaxslar soxta SES xodimlari bo‘lib, ular avval ham ushbu oshxonaga kelib, ovqatlanib pulini berishmagan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version