Jamiyat

Qashqadaryoda fuqaroning uyidan 20 kilodan ortiq marixuana musodara qilindi

Published

on


Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam ikki marotaba sudlangan fuqaroning uyidan 20 kiloyu 658 gramm marixuana giyohvandlik vositasi aniqlanib, tegishli tartibda olib qo‘yildi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Chiroqchi tumanida fuqaroning uyidan qariyb 21 kg giyohvandlik vositasi olindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 400 milliondan ortiq shaxs giyohvandlikka ruju qo‘ygan bo‘lib, ushbu illat oqibatida har yili 300 mingga yaqin inson hayotdan ko‘z yummoqda. Shu bois giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish huquq-tartibot idoralarining doimiy diqqat markazida turibdi.

Shu jumladan, Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan hududiy Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida 1981 yilda tug‘ilgan, muqaddam ikki marotaba sudlangan fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uch dona sintetik qopda saqlanayotgan 20 kiloyu 658 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Topilgan moddalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, dalil ashyo sifatida olib qo‘yilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqaro giyohvandlik vositasini kelgusida sotib, oson yo‘l bilan daromad topish maqsadida yetishtirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ushbu moddaning 5-qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version