Jamiyat
Qashqadaryoda bir oila biryo‘la 4 nafar qizaloqli bo‘ldi. Qizig‘i…
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi Dilfuza Bahriddinova Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali 4 nafar qizaloqni dunyoga keltirdi.
Dilfuza Bahriddinova va uning turmush o‘rtog‘i Jasur Maqayev shu kunga qadar 5 nafar qizni kamolga yetkazayotgandi. Hozirda ushbu oila 9 qizli boy xonadonga aylandi.
Egizaklar:
Birinchi qizaloq vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm;
Ikkinchi qizaloq vazni 1450 gr, bo‘yi 38 sm;
Uchinchi egizakning vazni 1600 gr, bo‘yi 40 sm;
To‘rtinchisining vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm.
SSV bergan xabarga ko‘ra, ayni paytda qizaloqlar filialda xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda.