Jamiyat

Qashqadaryoda baliqchi tabiatga yetkazgan zarar million dollarga baholandi

Published

on


Shahrisabz tumanida baliqchi Tanxoz daryosidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul balig‘i va 6 dona oddiy qorabaliqni noqonuniy ovlagan. Tabiatga yetkazilgan zarar 12,7 mlrd so‘m hisoblangan.

Foto: Ekologiya vazirligi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida noqonuniy baliq ovlagan shaxs tabiatga katta miqdorda zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz tumanida reyd o‘tkazilgan. Unda Hisor mahallasida yashovchi Y.Q. noqonuniy ravishda Tanxoz daryosidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul balig‘i (forel) hamda 6 dona oddiy qorabaliq ovlagani aniqlangan.

Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 12 mlrd 749 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Avvalroq Zangiota tumanida baliqlarni nobud qilgan korxonaga 92 mln so‘m kompensatsiya hisoblangandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version