Jamiyat

Qashqadaryoda 17 bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

Published

on


Qoidabuzar haydovchiga chora ko‘rildi.

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida Damas rusumli avtomobil YPX xodimi tomonidan to‘xtatilib, tekshirilganda ichida voyaga yetmagan 17 nafar bola xavfsizlik qoidalariga zid ravishda tashilayotgani aniqlandi.

«Bolalarni uyga olib borib qo‘ying, iltimos deyishgani uchun olib ketgandim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Hurmatli yurtdoshlar, ehtiyot bo‘linglar. Yo‘l harakati qoidalariga rioya eting», dedi haydovchi holatga izoh berarkan.

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, 12 yoshga to‘lmagan bolalarni maxsus ushlab turuvchi qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida tashish taqiqlanadi. Shuningdek, tashilayotgan yo‘lovchilar soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Holat bo‘yicha haydovchiga nisbatan huquqiy chora ko‘rilgani ta’kidlanmoqda.

O‘zbekistonda bolalarni Damas avtomobilida noqonuniy tashish holati muntazam ravishda aniqlanadi. Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Damas mashinasida 32 nafar bola olib ketilayotgani aniqlangan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version