Jamiyat

Qarshi, Marg‘ilon va Nukusda yirik o‘g‘irliklar aniqlandi

Published

on


Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro F.X. kompyuter o‘yinlarini tashkil etgan binoda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 207,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.S. “Rohat” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 117,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Nukus shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.R.” MChJ mas’ul shaxslari “Yoshlar istirohat” bog‘ining qurilish ishlarida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 106,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version