Jamiyat
Qamchiqda tog‘da adashgan 7 nafar fuqaro qutqarib qolindi
Qamchiq dovonida tog‘ga sayr qilish uchun chiqqan 7 nafar fuqaro yo‘ldan adashib, tog‘dan tusha olmay qoldi. Hodisa joyiga yetib borgan FVV qutqaruvchilari ularni topib, xavfsiz hududga olib chiqqan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 16 may kuni soat 19:45 atrofida sodir bo‘lgan. Qamchiq maxsus qutqaruv boshqarmasiga tog‘da adashib qolgan fuqarolar haqida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng qutqaruvchilar zudlik bilan hududga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Natijada adashib qolgan 7 nafar fuqaro topilib, sog‘-salomat xavfsiz hududga olib chiqilgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.