Jamiyat

Qamchiqda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan haydovchi shifoxonaga olib ketildi

Published

on


Qamchiq dovonida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Qirg‘iziston fuqarosi YPX xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Tekshiruv paytida haydovchining sog‘lig‘i yomonlashgani aniqlanib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va shifoxonaga olib ketildi.

Qamchiq dovonida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan haydovchi YPX xodimlari tomonidan to‘xtatildi. To‘xtatish jarayonida uning sog‘lig‘i yomonlashgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirtirilib, haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda u shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda uning ahvoli tibbiyot xodimlari nazoratida ekani bildirildi.

Shu munosabat bilan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchilarni betob holda transport vositasini boshqarmaslikka chaqirdi. Qayd etilishicha, bu nafaqat haydovchining, balki boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va xavfsizligi uchun ham juda muhimdir.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version