Jamiyat

Qamchiq dovonida yomg‘ir va qor yog‘moqda, haydovchilardan xavfsizlikka rioya etish so‘raldi

Published

on


Qamchiq dovonining yuqori nuqtalarida maydalab yomg‘ir va qor yog‘ishi kuzatilmoqda, yo‘llarda xavfsiz harakatni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda va ikki tomonlama avtomobil harakati davom etmoqda. FVV haydovchilardan dovon hududida barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘ramoqda.

Ayni vaqtda Qamchiq dovonining yuqori nuqtalarida maydalab yomg‘ir va qor yog‘ishi davom etmoqda. Dovonda qor yog‘ishi munosabati bilan yo‘llarda xavfsiz harakatni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan dovon hududida nazorat tadbirlari olib borilmoqda, yo‘lda qolib ketgan haydovchilar va ularning avtotransport vositalariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Hozircha dovon orqali ikki tomonlama avtomobillar harakati davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanish chog‘ida haydovchilardan barcha xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etishni, holatdan kelib chiqib, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘ragan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version