Jamiyat

Qamchiq dovonida “Lasetti” yonib ketdi

Published

on


Avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobilning elektr tizimida qisqa tutashuv yuzaga kelib, yong‘in sodir bo‘lgan.

Bugun, 11 iyul kuni soat 17:50 da «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasiga dovondan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining «Toshkent–Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan «Lasetti» rusumli yengil avtomobilda yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobilning elektr tizimida qisqa tutashuv yuzaga kelib, yong‘in sodir bo‘lgan. Avtomobilda yolg‘iz bo‘lgan haydovchi darhol transport vositasidan tushib, xavfsiz joyga chiqqan.

Xabarga asosan «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasining qutqaruv ekipajlari tezkorlik bilan yetib borib, yong‘inni to‘liq bartaraf etishgan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version