Jamiyat

Qamchiq dovonida bir nechta avtomobil xandaqqa tushib ketdi

Published

on


Kuchli qor yog‘ishi oqibatida Qamchiq dovonida bir nechta avtomobillar yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketdi. FVV xodimlari maxsus texnika yordamida avtomashinalarni chiqarish va haydovchilarga yordam ko‘rsatish ishlarini olib bordi.

Qamchiq dovonida ob-havoning keskin yomonlashishi, jumladan kuchli qor yog‘ishi sabab yo‘l harakatida qiyinchiliklar kuzatildi. Ma’lum qilinishicha, bir nechta avtomobillar yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimlari hodisa joyida bo‘lib, maxsus texnika orqali avtotransport vositalarini chiqarib, haydovchilarga amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

Shuningdek, dovon bo‘ylab yo‘lda qolib ketgan yoki dam olishga ehtiyoj sezgan fuqarolar uchun FVV tomonidan isitish punktlari tashkil etilgan.

Yo‘lda muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida esa maxsus xizmatlar tomonidan qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version