Jamiyat

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Published

on


Joriy yil 10 dekabr kuni soat 02:30 dan boshlab A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor ko‘chkisi xavfi tufayli transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Qamchiq dovoni orqali avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi.

Ayni paytda FVV rahbarligi boshchiligida tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan hududda vaziyatni bartaraf etish, xavf darajasini baholash va zarur profilaktika ishlarini olib borish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qamchiq dovoni orqali harakatlanishning qayta tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha axborot FVV Axborot xizmati tomonidan alohida tarzda e’lon qilinadi. Fuqarolardan rasmiy manbalar orqali beriladigan ma’lumotlarni kuzatib borish so‘ralgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version