Jamiyat

Qamashida yo‘li qordan tozalash ishlariga maxsus texnikalar jalb etildi

Published

on


Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida so‘nggi kunlarda yog‘gan qalin qor oqibatida Maydanak observatoriyasi va Qiziltom qishlog‘i orasidagi avtomobil yo‘lida harakat vaqtincha cheklanib qoldi. Vazirlik va mahalliy idoralar hamkorligida yo‘lni ochish ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining eng olis hududlaridan biri hisoblangan «Qiziltepa» MFY Qiziltom qishlog‘ida so‘nggi kunlarda yog‘gan qalin qor oqibatida Maydanak observatoriyasi hamda Qiziltom qishlog‘i o‘rtasidagi avtomobil yo‘lida harakat cheklanib qolgan.

Ma’lum qilinishicha, yuzaga kelgan holatni tezkor bartaraf etish maqsadida viloyat hokimi rahbarligida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etilgan.

Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘i polkovnik Farhod Mirzayev rahbarligida shaxsiy tarkib hamda maxsus texnikalar — greyder, buldozer va boshqa uskunalar yordamida yo‘lni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, vaziyatni bartaraf etish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan bo‘lib, holat to‘liq nazoratga olingan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version