Dunyodan
«PSJ»ning g‘alabasidan keyin butun Fransiya bo‘ylab 800 ga yaqin odam hibsga olindi
Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunes PSJning Chempionlar ligasi finalidagi g‘alabasidan so‘ng yuzaga kelgan zo‘ravonlik “deyarli nazorat ostida” ekanini aytdi va mamlakat bo‘ylab 780 jinoyatchi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan yuqori bo‘ldi, dedi u yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. 457 nafar futbol ishqibozlari va bezorilar hibsga olindi. To‘qnashuvlarda 219 kishi, jumladan, politsiya xodimlari tan jarohati oldi.
Vazir huquq-tartibot idoralarining sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va Parijning “chekka” aylanma yo‘llarini to‘sib qo‘yishga uringanlar videokuzatuvdan kelib chiqib jarimaga tortilishidan ogohlantirdi.
Nunetning aytishicha, tartibsizliklardan jabr ko‘rgan Fransiyaning 15 shahrida bir yoki ikkita do‘kon talon-taroj qilingan. Pau va Orleandagi jamoat binolari shikastlangan.
“PSJ” Chempionlar ligasi finalida g’alaba qozonganidan keyin Parijda tartibsizliklar boshlandi.
Parijda muxlislar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar, jumladan, 8-okrugdagi politsiya bo‘limiga hujum qilishga urinish sodir bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, ayrim ko‘chalarda o‘t qo‘yish sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan. Huquq-tartibot xodimlari tartibsiz olomonga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur bo‘ldi.
Parijning g‘alabasi nishonlanadigan yakshanba kuni poytaxtda tartibni saqlash uchun taxminan 6000 politsiya va harbiy politsiya safarbar etilgan.