Jamiyat

Prokuratura ko‘chada valyuta almashtirganlarni ushlamoqda

Published

on


Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro O.G‘. fuqaro M.Sh.dan 330 ming Rossiya rublini 51,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Chimboy tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.B. va B.A. fuqaro M.X.ga 4 000 AQSh dollarini 50,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Amudaryo tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.Ye. fuqaro M.X.dan 3 600 AQSh dollarini 44,850 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version