Jamiyat

Prokuratura Jizzaxda dorifurushlarni qo‘lga oldi

Published

on


Jizzax viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zafarobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 1 800 dona “Slimming 30” nomli dori vositasini 3,6 mln so‘mga sotganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirzacho‘l tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.M. 14 quti “Omnadren 250” nomli dori vositasini sotganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version