Jamiyat
Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi
Milliy statistika tizimi mutaxassislarining malakasi oshiriladi.
«Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident qarori (PQ–103-son, 13.03.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
– har 2 yilda 3 ming nafar milliy statistika tizimi mutaxassislarini o‘qitib borish imkonini yaratish;
– yashirin va kreativ iqtisodiyotni baholash maqsadida statistika metodologiyasini takomillashtirish.
Qarorga bilan Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (Institut) faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari tasdiqlandi.
2026-yil 1-apreldan boshlab Institutda quyidagi kurslar tashkil etiladi:
– vazirlik va idoralarning ma’muriy ma’lumotlarini yuritish, statistika uslubiyotlarini ishlab chiqish va ochiq ma’lumotlar portali bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan xodimlari uchun har 2 yilda shartnoma asosida 48 soatgacha bo‘lgan malaka oshirish kurslari;
– statistika hisobotlarini taqdim etuvchi sub’yektlar, jumladan, tadbirkorlar uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv kurslari.