Siyosat
Prezidentning Ostonaga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Qozog‘istonda “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammitida qatnashdi va XXR raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.