Siyosat
Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi.
12-dekabr kuni davlatimiz rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.