Dunyodan
Prezident Trampning qizi Melaniya haqidagi film namoyish etiladi.
Kinoteatrlarda AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp haqidagi hujjatli film namoyish etildi.
Reklama uchun taxminan 36 million dollar sarflaganiga qaramay, Gollivud mutaxassislari bu moliyaviy falokat bo’lishini bashorat qilishdi, hattoki buni kino sanoatining “yilning eng yomoni” deb atashgan.
104 daqiqalik “Melaniya” hujjatli filmi Donald Trampning 2025-yil yanvaridagi ikkinchi inauguratsiyasi oldidan 20 kunni o‘z ichiga oladi. Film birinchi xonim va uning eri o‘rtasidagi munosabatlarning samimiy va shaxsiy tasviri sifatida taqdim etilgan.
Donald Tramp filmni faol targ‘ib qilmoqda. U avvalroq “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida “Bu filmni albatta ko‘rish kerak” va “chiptalar tezda sotilmoqda” deb yozgan edi.
30-yanvar kuni film namoyishidan so‘ng prezident Tramp “Melaniya” filmini ikkinchi marta ko‘rganini va unga yoqqanini yozdi.
“Iltimos, unga baho bering – albatta tomosha qiling!” – deb yozdi u “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida.