Dunyodan
Prezident Trampga Grenlandiya boʻyicha yangi taklif berildi.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte AQSh prezidenti Donald Trampga Grenlandiya atrofidagi mojaroni yumshatish bo‘yicha Daniya bilan yangi kelishuvni taklif qildi. Bu haqda CNN Yevropa diplomatik manbasiga tayanib xabar berdi.
Manbaning aytishicha, AQSh va Daniya Grenlandiya mudofaasi bo‘yicha 1951-yilda imzolangan kelishuvga o‘zgartirish kiritish orqali mojarodan qochishi mumkin. Hujjat Grenlandiyani birgalikda himoya qilish va orolda AQSh harbiy bazasini joylashtirishni nazarda tutadi.
CNN xabariga ko‘ra, Mark Rutte bu masalani rasmiy emas, shaxsiy suhbat doirasida ko‘targan. Shartnomaning yangi variantlari Grenlandiyaga Xitoy sarmoyasini keskin cheklash yoki taqiqlash uchun maxsus kafolatlarni o’z ichiga olishi mumkin.
Qayd etilishicha, NATO bosh kotibining maqsadi AQSh va Daniya o‘rtasida ochiq mojaroning oldini olish va Grenlandiya atrofidagi geosiyosiy keskinlikni kamaytirishdir.