Dunyodan
Prezident Tramp Venesuela dengiz blokadasini e’lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaga yo‘l olgan sanksiyalar bo‘yicha neft tashuvchi tankerlarni dengiz blokadasini e’lon qildi.
“Bugun men Venesuelaga AQSh tomonidan sanksiya qilingan barcha neft tankerlarini toʻliq blokirovka qilishga buyruq berdim”, dedi prezident Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi postida.
Bu uzun postda Tramp Nikolas Maduro boshchiligidagi Venesuela hukumatini AQSh mulkini o‘g‘irlashda (mamlakatning qariyb 20 yil muqaddam neft konlari milliylashtirilishi nazarda tutilmoqda – muharrir), terrorizmda, narkotik moddalar savdosida, odam kontrabandasida va qotillikda aybladi.
“Janubiy Amerika tarixidagi eng yirik armada Venesuelani toʻliq oʻrab oldi va biz avval bizdan oʻgʻirlangan barcha neft, er va boshqa mulklarni Qoʻshma Shtatlarga qaytarmagunimizcha, blokada kengayishda davom etadi”, dedi prezident Tramp.
U, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Nikolas Maduro va uning yaqinlarini “xorijiy terrorchi tashkilot” deb e’lon qilganini eslatdi (24-noyabr).
O’tgan hafta AQSh harbiylari Venesuela qirg’oqlari yaqinida Skipper neft tankerini qo’lga oldi. Qo’shma Shtatlar 2022 yilda tankerga nisbatan sanksiyalar kiritgan. Neft kontrabandasidan olingan pul Hizbulloh va Eron Islom inqilobi qo’riqchilari korpusi al-Quds bo’limini moliyalash uchun ishlatilgani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp noyabr oyi oxirida Venesuela osmonini yopishini ma’lum qilgandi.