Dunyodan

Prezident Tramp ortidan prezident Putin ham Xitoyga boradi.

Published

on


Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 va 20 may kunlari Xitoyga rasmiy tashrif bilan borishini ma’lum qildi. Tashrif AQSh prezidenti Donald Tramp Pekinga tashrifini yakunlaganidan bir necha kun o‘tib amalga oshirilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, prezident Putin Xitoy rahbari Si Tszinpin taklifiga binoan tashrif buyuradi. Ushbu uchrashuv ikki davlat oʻrtasida Doʻstlik va hamkorlik shartnomasi tuzilganining 25 yilligiga bagʻishlab oʻtkaziladi.

Tomonlar “har tomonlama strategik sheriklik”ni yanada chuqurlashtirishni, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Muzokaralar yakunida hukumatlararo va idoralararo qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Prezident Putin Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan ham uchrashib, iqtisodiy va savdo hamkorlikni muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Tashrif Prezident Donald Trampning Xitoyga tashrifi ortidan amalga oshirildi. G‘arb nashrlarining yozishicha, prezident Tramp Pekinda savdo, Ukraina va Eron bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muzokaralarda sezilarli natijalarga erisha olmadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version