Dunyodan
Prezident Tramp NATOni Meksika bilan chegara xavfsizligiga jalb qilmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika chegarasini himoya qilishga NATO kuchlarini jalb qilish g‘oyasini taklif qildi. U o‘z taklifini Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasiga asoslanib berdi. Bu haqda Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
Uning so’zlariga ko’ra, bu chora Qo’shma Shtatlarni noqonuniy immigratsiyadan himoya qilishga yordam beradi va Chegara xizmati xodimlariga boshqa vazifalarni bajarishga e’tibor qaratish imkonini beradi.
Shu bilan birga, prezident Tramp NATO ittifoqi inqiroz davrida AQShga yordam bera olishiga bir necha bor shubha bildirgan.
Aytgancha, NATO shartnomasining 5-moddasiga ko‘ra, alyansga a’zo bir yoki bir nechta davlatga qurolli hujum qilingan taqdirda jamoaviy javob choralari ko‘riladi.