Dunyodan

Prezident Tramp: “Men 3000 yil ichida birinchi marta Yaqin Sharqqa tinchlik o’rnatdim”

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp xalqqa navbatdagi murojaatida o‘z ma’muriyati faoliyatini yuqori baholadi va mamlakatning hozirgi muammolarida sobiq prezident Jo Baydenning Demokratik partiyasini aybladi. Taxminan 20 daqiqalik nutqida u iqtisodiyot, xavfsizlik, immigratsiya va tashqi siyosatga toʻxtaldi.

Prezident Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganida Qo‘shma Shtatlar “tartibsizlik”da bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Demokratik ma’muriyatlar davrida chegara ochiq qolgan va noqonuniy muhojirlar, jumladan, jinoyatchilar ham AQShga kirib kelgan. U, shuningdek, avvalgi hukumatni milliy manfaatni emas, balki “boshqa davlatlar va guruhlar manfaatlarini himoya qilishda” aybladi.

Prezident Tramp uning maʼmuriyati soʻnggi 11 oy ichida Amerika tarixidagi eng ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirganini aytdi. Uning aytishicha, so‘nggi oylarda birorta ham noqonuniy muhojir mamlakatga kirmagan. Bu holatni kuchli siyosiy iroda va yangi siyosat bilan izohladi.

Xavfsizlik masalalariga toʻxtalar ekan, Prezident Tramp Vashington hozirda “eng xavfsiz davr”ni boshdan kechirayotganini aytdi. U narkotik kartellariga qarshi kurash kuchaytirilgani va AQSh armiyasi dunyodagi eng qudratli armiya bo‘lib qolishini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, u bir qancha xalqaro nizolarni hal qilganini va Yaqin Sharqda tinchlik o’rnatilishiga hissa qo’shganini da’vo qildi.

“Bu davr mobaynida men sakkizta urushni tugatdim, 3000 yil ichida birinchi marta Yaqin Sharqqa tinchlik o‘rnatdim va isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga yordam berdim”, — dedi Tramp.

Iqtisodiy jabhada Prezident Tramp inflyatsiya pasayayotgani, ish haqi ortib borayotgani va yangi ish o’rinlari yaratilayotganini aytdi. Bu natijalarga erishishda tariflar muhim o‘rin tutganini ta’kidladi.

“Tariflar mening eng sevimli so’zim”, dedi prezident va bu siyosat AQShga katta moliyaviy resurslarni qaytarishini qo’shimcha qildi.

Prezident Tramp oʻz nutqi soʻnggida Qoʻshma Shtatlar xalqaro maydonda oʻz obroʻsini tiklagani va mamlakat yangi iqtisodiy yuksalish ostonasida turganini taʼkidladi. U yaqin yillarda Qo’shma Shtatlarda futbol bo’yicha jahon chempionati va Olimpiada o’yinlari hamda Mustaqillik deklaratsiyasining 250 yilligi nishonlanishini esladi.

Prezident fikricha, 2026-yilga borib dunyo Amerikani oʻz xalqiga sodiq, oʻz qadriyatlariga ishonadigan, kelajakka cheksiz ishonch bilan qaraydigan kuchli davlat sifatida koʻrishi kerak.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version