Dunyodan
Prezident Tramp Eronga qattiq talablar qo’ydi
Prezident Tramp Eronni “so‘zsiz taslim bo‘lishga” chaqirdi.
“Eron bilan so’zsiz taslim bo’lishdan boshqa kelishuv yo’q”, deb yozdi AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida.
Prezident Tramp taslim boʻlib, yangi “maqbul rahbar (yoki yetakchilar)ni saylaganimizdan soʻng, biz ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan Eronni iqtisodiy jihatdan har qachongidan ham kattaroq, yaxshiroq va kuchliroq qilish uchun tinimsiz ishlaymiz”, deb qoʻshimcha qildi.
AQSh prezidenti Eronni “buyuk kelajak” kutayotganini aytdi.
Bir kun avval prezident Tramp Eron yangi rahbariyatni tanlashda ishtirok etishi kerakligini aytdi.
Avvalroq Rossiya Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obyektlariga hujum qilish uchun ma’lumot bergan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.