Dunyodan
Prezident Tramp: “Eron bilan hech qanday kelishuv boʻlmaydi”
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yangi muzokaralar olib borish niyati yo‘qligini aytdi va Eronni “so‘zsiz taslim bo‘lishga” chaqirdi.
Tramp bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi Truth Social sahifasida yozgan.
“Soʻzsiz taslim boʻlishdan boshqa hech qanday kelishuv yoʻq”, dedi u.
AQSh rahbarining aytishicha, AQSh va uning ittifoqchilari Eron yangi “maqbul va munosib rahbar” saylanganidan keyin mamlakatni qayta qurishda yordam berishadi.
“Va biz ko‘plab buyuk va jasur ittifoqchilarimiz bilan birga Eronni halokat yoqasidan qaytarish va uni iqtisodiy jihatdan kattaroq, yaxshiroq va kuchliroq qilish uchun tinimsiz harakat qilamiz”, — deb yozgan Tramp.
Uning aytishicha, Eron “buyuk kelajakka ega bo’lishi mumkin”. Shu bilan birga, prezident Tramp “Eronni yana buyuk qil (MIGA)” shiorini ham ko‘tardi.
Prezident Trampning bayonoti Yaqin Sharqda keskinlik kuchaygan bir paytda yangradi. AQSh va uning ittifoqchilari Eronning yadroviy va harbiy infratuzilmasiga qarshi operatsiyalarni kuchaytirayotgani haqida xabarlar bor.