Dunyodan

Prezident Tramp Barak Obamani qamoqqa tashlashga chaqirmoqda

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi prezident Barak Obamani Rossiya bilan til biriktirganlikda yolg‘on ayblaganlikda aybladi. Uning fikricha, Obama hibsga olinishi kerak.

29-yanvar kuni Donald Tramp Truth Social ijtimoiy media platformasida Barak Obamani hibsga olishga chaqirdi.

“Bu Barak Obama va uning ittifoqchilari tomonidan amalga oshirilgan davlat toʻntarishiga urinish edi. Obama hozir hibsga olinishi kerak”, deb yozgan Tramp.

Prezidentning qoʻshimcha qilishicha, Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard “Rossiya masalasi boʻyicha yuzlab shov-shuvli hujjatlarni” eʼlon qilgan. Uning ta’kidlashicha, ular Barak Obama “Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlariga unga qarshi dezinformatsiyalar uyushtirishni shaxsan o’zi buyurgan”.

2025-yilda AQSh Milliy razvedka boshqarmasi prezident Barak Obama davridagi razvedka ma’lumotlari soxtalashtirilgani haqida hisobot e’lon qilgan edi. Hujjatda Rossiyani 2016 yilgi saylovlarga aralashganlikda ayblash uydirma, degan xulosaga keldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version