Dunyodan

Prezident Tramp AQSh harbiy byudjetini 1,5 trillion dollargacha oshirmoqchi

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp 2027 yilgi harbiy byudjet 1 trillion dollar o‘rniga 1,5 trillion dollar bo‘lishi kerakligini aytdi.

Bu Qo’shma Shtatlar xavfsizligini ta’minlaydigan va uni barcha dushmanlardan himoya qiladigan “orzular armiyasi”ni yaratish imkonini berishi aytiladi.

“Senatorlar, Kongress aʼzolari, Vazirlar Mahkamasi aʼzolari va boshqa siyosiy vakillar bilan uzoq va murakkab muzokaralardan soʻng biz mamlakatimiz manfaati uchun, ayniqsa, hozirgi oʻta noaniq va xavfli zamonda 2027-yilga moʻljallangan harbiy byudjetimiz 1 trillion dollar oʻrniga 1,5 trillion dollar boʻlishi kerak degan xulosaga keldik”, — dedi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.

Ma’lumotnoma: Kongress 2026-yilda AQSh harbiy xarajatlari uchun 900 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version