Dunyodan

Prezident Tramp 13-15 may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi.

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Tszinpin taklifiga binoan 13-15 may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Bu prezident Trampning 2017-yildan buyon Xitoyga ilk tashrifi bo‘ladi.Prezident dastlab Xitoyga mart oyida tashrif buyurishi kerak edi, biroq tashrif Eron bilan urush tufayli qoldirilgan edi.

Davlat kotibi Marko Rubio Oq uyda jurnalistlarga bergan intervyusida Tayvan masalasi muhokama qilinishini aytdi. Muzokaralar 14-15 may kunlari bo’lib o’tadi.

Reuters xabariga ko‘ra, amerikalik siyosatchilar yetakchilar Eron, Tayvan, sun’iy intellekt va yadro quroli kabi masalalarni muhokama qilishlarini aytgan.

Xitoy Boeing samolyotlari, AQSh qishloq xo’jaligi mahsulotlari va energiya sotib olishni e’lon qilishi kutilmoqda, deydi rasmiylar. Ikki davlat savdo urushida vaqtinchalik sulhni uzaytirish masalasini ham muhokama qiladi. Biroq kelishuv shu hafta uzaytiriladimi yoki yo’qmi, hozircha aniq emas.

Donald Tramp va Si Tszinpin oxirgi marta olti oy oldin Janubiy Koreyada uchrashgan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version