Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan gaplashdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiyani, shu jumladan energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, hududlarning ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yil 22-oktyabr kuni Moskva viloyatida o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi samarali bo‘lgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

3-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston-Rossiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi va uning doirasida qo‘shma biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlarning rejasi muhokama qilindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version