Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaga jo‘nab ketdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 21 yanvar kuni Davos shahrida tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun Shveysariyaga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi.

Avvalroq O‘zbekiston mazkur kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.

Davlatimiz rahbari AQSh Prezidentiga yo‘llagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish hamda keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam ekanini ta’kidlagan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version