Dunyodan

Prezident Putin va Zelenskiy yaqin orada uchrashishi mumkin

Published

on


AQSh prezidentining elchisi Stiv Vitkoffning aytishicha, Rossiya va Ukraina ishtirokidagi muzokaralarning navbatdagi raundi yaqin uch hafta ichida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar natijasiga qarab, bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvga olib kelishi mumkin.

“Jared Kushner va men umid qilamizki, biz har ikki tomonga ham yaqin uch hafta ichida janob Zelenskiy va janob Putin sammitiga olib keladigan taklifni taqdim eta olamiz”, dedi Uitkoff Fox News telekanalida.

Stiv Vitkoff, agar sammit bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, prezident Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etishi mumkinligini inkor etmadi.

17 va 18 fevral kunlari Jenevada Rossiya, AQSh va Ukraina o’rtasidagi uch tomonlama muzokaralarning uchinchi raundi bo’lib o’tdi. Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy yaqin orada muzokaralarning to‘rtinchi raundi o‘tkazilishini aytdi. TASS axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib, uchrashuv 1-martgacha o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

CNN xabariga ko’ra, ikki davlat o’t ochishni to’xtatish tartibi qanday ishlashi borasida “sekin, ammo sezilarli muvaffaqiyatga erishgan”. Vladimir Zelenskiy Ukraina delegatsiyasiga Vladimir Putin bilan mumkin bo‘lgan muzokaralarni muhokama qilishni topshirganini ma’lum qildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version